#arab_xurmosi #ajva_xurmosi #foydali_malumot #xurmo ❕ Biz izlagan xurmo hikmatlari. Xurmo quritilganligi sababli ular kaloriya jihatidan yangi uzilgan mevalardan yuqori. Shuningdek, kaloriya borasida mayiz va anjir kabi quritilgan mevalarga o‘xshaydi. Uning tarkibidagi kaloriyaning ko‘p qismi uglevodlardan, qolganlari esa oqsillardan olinadi. Kaloriya miqdoriga qaramay, uning tarkibida vitamin va minerallar mavjud. Kaliyning yuqori miqdori organizmdan natriyning chiqarilishiga yordam beradi va qon bosimini pasaytiradi. 100 gramm xurmo mevasida quyidagi ozuqaviy moddalar mavjud: • kaloriya qiymati: 277 kkal; • uglevodlar: 75 gramm; • biriktiruvchi to‘qima: 7 gramm; • oqsil: 2 gramm; • kaliy: 20 foiz; • magniy: 14 foiz; • mis: 18 foiz; • marganets: 15 foiz; • temir: 5 foiz; • vitamin B6: 12 foiz; • Shuningdek, meva sog‘liq uchun foydali bo‘lgan antioksidantlarga boy. “Sahihayn” kitobida Sa’d ibn Abu Vaqqosdan keltirilgan rivoyatda esa shunday deyiladi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kimki ertalab uchta ajva xurmosidan tanovul qilsa, unga o‘sha kun zahar ham, sehr ham ta’sir qilmaydi”. Xurmo salomatlik borasida ham juda foydali ne’mat hisoblanadi. Yoqimli va shirin ta’m beradigan uglevodlarga boy. Quruq meva tarkibida foliy kislotasi, shuningdek, RR, V va A vitaminlari, temir, sink va magniy miqdori ko‘p. Xurmoning foydalari haqida qancha yozsak shuncha kam. Yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun ijtimoiy-tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling. Telegram - https://t.me/ajva_uzb Instagram - https://www.instagram.com/ajva_uzb/ Facebook - https://www.facebook.com/ajva.uzb/ TikTok - https://www.tiktok.com/@ajva.uzb Yagona aloqa markazi: +998 71 230 7040 Izohlarda fikrlaringizni kutib qolamiz.😊